Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasiga bosqinchilik uyushtirildi

Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasiga bosqinchilik uyushtirildi

2019-yil 22-fevral kuni Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida yashovchi N.X. yuzini egnidagi kiyimi bilan berkitib, pichoq va temir quvur bilan qurollangan holda «Progress gaz servis» MChJga qarashli avtomashinalarga gaz yoqilg‘isini quyish shoxobchasiga bosqinchilik uyushtiradi.

U operator xonasiga bostirib kirib, shu shahobcha operatorlari N.R. va M.S.larni tanasining turli joylariga temir quvur bilan urib jarohat yetkazgan.

So‘ng M.S.ni pichoq bilan qo‘rqitib kassadan 505000 so‘m pulni olib, voqea joyidan yashirinayotgan vaqtida shu hududda tungi xizmatga jalb qilingan IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring