Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda 100 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan kishi ushlandi

Qashqadaryoda 100 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan kishi ushlandi

Foto: Xabar.uz

Fuqaro A.B. Qashqadaryo viloyati IIB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga  murojaat qilgan. Shu asosda viloyat prokuraturasi va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir jarayonida fuqaro M.M. Koson tumani «Gulbog‘» mahallasi hududidan tuman hokimining qarori bilan «G‘.A» fermer xo‘jaligiga 49 yil muddatga ijara huquqi asosida ajratilgan 50 gektar yer maydonini 100 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, kelishilgan puldan 590 mln. so‘mini ariza muallifidan firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Koson tumani bo‘limi tomonidan M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring