Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryo IIB semiz xodimlar bo‘yicha hisobot berdi

Qashqadaryo IIB semiz xodimlar bo‘yicha hisobot berdi

Foto: «Xabar.uz»

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar organlarida semizlik darajalari bo‘yicha hisobga olingan xodimlar bilan olib borilgan chora-tadbirlar samara keltirmoqda. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Olib borilgan ishlar natijasida ijobiy natijalarga erishilgani hisobotda aytilmoqda. Joriy yilning mart oyi holatiga ko‘ra viloyat Ichki ishlar organlari tizimida mavjud jami 1163 nafar xodim semizlik darajalariga kiritilgan. Ushbu xodimlardan 188 nafari 2019 yilning 31 aprel kuni holati bo‘yicha ortiqcha vazndan xalos bo‘lgan. Xodimlarning antropometrik parametrlarini qayta o‘lchash natijasida 2019 yil 30 iyun kuni holatiga jami 741 nafar xodim turli darajada semizlik holatida ekani aniqlangan.

Shundan I darajaga 484 nafar (30 yoshgacha 80 nafar, 40 yoshgacha 308 nafar, 50 yosh va undan yuqori 96 nafar), II darajaga 237 nafar (30 yoshgacha 20 nafar, 40 yoshgacha 154 nafar, 50 yosh va undan yuqori 63 nafar), III darajaga 18 nafar (30 yoshgacha 1 nafar, 40 yoshgacha 12 nafar, 50 yosh va undan yuqori 5 nafar) va IV darajaga 2 nafar (40 yoshgacha 1 nafar, 50 yosh va undan yuqori 1 nafar) xodim semizlik darajasi bo‘yicha ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 182 nafar xodim semizlik darajalari bo‘yicha ro‘yxatdan chiqarildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring