Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryo «bosh tarbiyachisi» xodimlarini so‘kib tashladi (audio)

Qashqadaryo «bosh tarbiyachisi» xodimlarini so‘kib tashladi (audio)

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatidagi ayrim MTMlarda sariyog‘ o‘rniga margarin berilgani haqidagi xabarlar tarqalgandi. 

«Bong.uz» va «Jamiyat» gazetasi muxbiri mazkur masalani o‘zgarish uchun joylarda bo‘lgan. 

Jurnalistning viloyatga surishtiruvga borishi ortidan mutasaddilar buni oldini olishga harakat qilgani bo‘yicha audiolar tarqaldi. 

Xuddi shunday audiomateriallardan birida Qashqadaryo viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Asror Alimardonovga tegishli ekani aytilgan ovozning o‘z qo‘l ostidagi xodimlardan biri bilan gaplashgani aks etgan. 

Boshliq surishtiruvga kelgan jurnalist bilan hech kim gaplashmasligi, informatsiya bermasligini, ularni binolarga kiritmaslik va jurnalistni tamagirlik holatida qo‘lga tushirishga harakat qilishni buyuradi. 

Shuningdek, muammoga sababchi bo‘layotgan ayrim MTM rahbarlarini «chiroyli» so‘zlar bilan «siylaydi». Ta’minotchilarga ma’lum muddat bog‘chalarga barcha mahsulotlarni to‘lig‘icha tarqatishni (!), bog‘chalarda esa shu kuni sarhil ovqatlar qilishni(!) buyurgan. 

Audioning to‘lig‘ini ushbu videoda tinglashingiz mumkin. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring