Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qars ikki qo‘ldan: endi navbat sudyalar va sud xodimlariga...

Qars ikki qo‘ldan: endi navbat sudyalar va sud xodimlariga...

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) bilan hamkorlikda jurnalist va blogerlar uchun ikki haftalik maxsus o‘quv kursi tashkil etganidan xabaringiz bor. O‘shandayoq aytilgan ediki,  o‘quv-kurslari ikki qismdan iborat bo‘ladi, nasib.

Birinchi bosqichda huquqiy mavzuga ixtisoslashgan jurnalist va blogerlarning kasbiy malakasini oshirishga ko‘maklashish, xususan, sud protsesslarini yoritishning o‘ziga xos jihatlari  haqida fikr almashildi, bahs-munozara qilindi.  O‘quv-kurslari yakunida ishtirokchilarga «Sud va ommaviy axborot vositalari o‘rtasida konstruktiv muloqot» qo‘llanma va sertifikatlar taqdim  etilgani haqida avval xabar berilgandi.

Mana, navbat sudya va sud xodimlariga keldi.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, kuni kecha  «Sud va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi konstruktiv muloqot» mavzuidagi o‘quv kurslarining ikkinchi bosqichi boshlandi.

Bir haftaga mo‘ljallangano‘quv-kurslarida sudyalar hamda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh konsultantlari ishtirok etmoqda. Ilk mashg‘ulotda asosan Oliy sud Plenumining «Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini ta’minlash to‘g‘risida»giqarori mazmun-mohiyati xususida gap bordi. O‘quv-kurslari davomida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash samaradorligini oshirishda matbuot xizmatlarining o‘rni va roli, sud protsesslarida muloqot psixologiyasi , axborot berishning huquqiy asoslari va jurnalistlar bilan muloqotning asosiy qoidalari mavzularida so‘z yuritaladi.

O‘quv-mashg‘ulotlari bevosita va bilvosita (onlayn) shaklida bo‘lib o‘tmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring