Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qahramonlarcha halok bo‘lgan IIV xodimlarining haqqiga duo o‘qildi

Qahramonlarcha halok bo‘lgan IIV xodimlarining haqqiga duo o‘qildi

Foto: «Xabar.uz»

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar xodimlari Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sh.Satvoldiyev boshchiligida, boshliq o‘rinbosarlari hamrohligida ichki ishlar idoralarida uzoq yillar samarali mehnat qilgan iste’fodagi xodimlar bilan dildan suhbat qilinib, ularning holidan xabar olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Muzrabot tumani Fidokor mahallasida istiqomat qilib kelayotgan Jo‘raxon bobo Yunusov iste’fodagi serjant qariyb o‘ttiz yil ichki ishlar tizimida samarali mehnat qilib, hozirgi kunda nabiralari qurshovida keksalik gashtini o‘tayotgan nuroniylarimizdan biri. Ichki ishlar faxriylaridan yana biri, ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, iste’fodagi katta leytenant Xurram bobo Murtazoyevga 9 may Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami munosabati bilan yo‘llangan tabrik o‘qib eshittirilib, Prezidentimizning 7,5 million so‘m pul mukofoti hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining 2,5 million so‘m pul mukofotlari Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sh.Satvoldiyev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, xizmat vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan ichki ishlar idoralari xodimlarining xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning haqqiga duolar o‘qilib, Vatan va xalqi oldida ko‘rsatgan jasorati, xizmati aks etgan «Mard o‘g‘lonlar nomi barhayot» nomli xotira kitobi tortiq qilindi.

Tashrif qilingan har bir xonadon a’zolari bilan samimiy suhbatlar qurilib, ularning muammo va kamchilliklari o‘rganildi. Bayram munosabati bilan xonadon egalariga ro‘zg‘or uchun kerakli bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga konditsioner, kir yuvish mashinasi, elektropech va boshqa bayram sovg‘a-salomlari ulashilib, bolajonlar uchun badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring