Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin qatnashgan o‘yinda xokkeychilar janjallashib qolishdi (video)

Putin qatnashgan o‘yinda xokkeychilar janjallashib qolishdi (video)

Foto: «Interfaks»

Taniqli saksofonchi Igor Butman va Tula viloyati gubernatori Aleksey Dyumin Sochida bo‘lib o‘tgan Tungi xokkey ligasida mushtlashib ketishdi. Bu haqda «Life» xabar bermoqda.

Kadrlardan ko‘rinib turibdiki, raqib darvozasi oldida bir fursat davom etgan janjaldan so‘ng Butman «Legendi xokkeya» («Xokkey afsonalari») darvozaboni Dyuminga tashlanib qoladi. Raqib ham indamay turmadi, o‘rtada dahanaki jang boshlanib ketdi. Ularni hakamlar va boshqa o‘yinchilar ajratib qo‘yishlariga to‘g‘ri keldi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu turnirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham qatnashmoqda. Uning «Xokkey afsonalari» jamoasida mudofaa vaziri Sergey Shoygu, o‘tmish xokkey yulduzlari Pavel Bure, Vyacheslav Fetisov, Aleksandr Yakushev, Valeriy Kamenskiylar ham shayba surishmoqda.

Ushbu o‘yinda «Xokkey afsonalari» 14:7 hisobida g‘alaba qozongan: gollarning 10 tasini Putin kiritgan, Shoyguda esa xet-trik...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring