Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin Nurmagomedovga Makgregor bilan jangdan so‘ng nima degani ma’lum qilindi

Putin Nurmagomedovga Makgregor bilan jangdan so‘ng nima degani ma’lum qilindi

Foto: «sports.ru»

Rossiyalik yozuvchi Zaur Kurbanov prezident Vladimir Putin sportchi Xabib Nurmagomedovga Makgregor bilan jangdan so‘ng nimalar deganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «AiF».

«Vladimir Vladimirovich bunday dedi: «Biz sen uchun qayg‘urdik, jangni tomosha qildik, sen bilan faxrlanamiz, provokatsiyalarga ahamiyat berma», - degan Kurbanov.

Uning ta’kidlashicha, davlat rahbari Nurmagomedovga aloqaga chiqish uchun telefon raqamini  ham qoldirgan va uchrashishni taklif etgan.

Eslatib o‘tamiz, 6 oktyabr kuni rossiyalik sportchi Xabib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregorni mag‘lubiyatga uchratgan edi. O‘yindan so‘ng Xabib va Konorning jamoalari o‘rtasida mojaro yuz bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring