Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Psixiatr qabuliga olib kelingan fuqaro o‘zini ikkinchi qavatdan tashlamoqchi bo‘ldi

Psixiatr qabuliga olib kelingan fuqaro o‘zini ikkinchi qavatdan tashlamoqchi bo‘ldi

Foto: IIV axborot xizmati

16-yanvar kuni Telegram messenjeridagi ayrim kanallarda Amudaryo tumanida psixiatr qabuliga kelgan yoshi taxminan 40-45larda bo‘lgan fuqaro poliklinika binosining ikkinchi qavatidan o‘zini tashlamoqchi bo‘lganligi haqidagi videolar tarqalgan edi, deb xabar bermoqda IIV Axborot xizmati.

Aniqlanishicha, shu kuni soat taxminan 08:30larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani «Qilichboy» ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi shaxs profilaktika inspektori leytenant A.Yuldoshevga telefon orqali murojaat qilib, unda akasi Q.E.ning ruhiy kasalligi qo‘zg‘agani sababli o‘ziga pichoq urmoqchi bo‘layotganini ma’lum qilgan.

Profilaktika inspektori A.Yuldoshev chaqirilgan manzilga yetib borganida, haqiqatdan ham, fuqaro Q.E. o‘z uyida oshxona pichog‘ini o‘ziga urmoqchiligini aytib, baqir-chaqir qilayotganiga guvoh bo‘lgan va fuqaroni tinchlantirib, uning qo‘lidagi pichoqni olib qo‘ygan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirish uchun uni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga olib borgan.

Tuman markaziy shifoxonasining ikkinchi qavatida ushlab turilgan vaqtida fuqaro Q.E. qochish niyatida ikkinchi qavat derazasini oshib o‘tib pastga sakramoqchi bo‘lgan vaqtida profilaktika inspektorlari A.Yuldoshev va M.Dusenbayev uni ushlab qolgan.

Fuqaro Q.E. shu kunning o‘zida kuni Nukus shahridagi ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan, deyiladi xabarda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring