Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 4 nafar ishchining halok bo‘lishi holati yuzasidan prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘adi

Toshkentda 4 nafar ishchining halok bo‘lishi holati yuzasidan prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘adi

Foto: «Sputnik»

Kecha, 28-avgust kuni Olmazor tumani, Nurafshon ko‘chasida qurilayotgan savdo majumasi binosining metal bilan yopilgan tom qismi qulab tushishi oqibatida qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarayotgan 4 nafar ishchi og‘ir turdagi tan jarohatlari olib, vafot etgani xabar berilgandi.

Shuningdek, 2 nafar ishchi hodisa joyida bo‘lgan fuqarolarning ko‘magi ostida shifoxonaga yotqizilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring