Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident yangi qonunni imzoladi

Prezident yangi qonunni imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi Qonun (O‘RQ–561-son, 02.09.2019 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qonunga ko‘ra tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi sodir etilgan zo‘ravonlik yoki tahdid haqida tegishli organlarga yoxud sudga murojaat etish, bepul huquqiy maslahat, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish kabi huquqlarga ega.

Bunda jabrlanuvchi yetkazilgan moddiy hamda ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risida ariza bilan sudga murojaat etganida davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.

Qonunda xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur organlar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchini unga tushunarli tilda himoya mexanizmlari, ko‘rsatiladigan yordam va xizmatlar turlari to‘g‘risidagi axborot bilan tanishtirishi shart.

Xususan, ichki ishlar organlari tazyiq va zo‘ravonlik to‘g‘risida og‘zaki yoki yozma xabar olganda bunday harakatlarga chek qo‘yish va ularning oldini olish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan yakka tartibdagi chora-tadbirlar ko‘rishi shart.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring