Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident yangi qaror qabul qildi

Prezident yangi qaror qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «II Xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va baxshichilik san’atini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Baxshichilik san’atini respublika va xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish, Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini respublikaning boshqa hududlarida ham o‘tkazish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida mavjud bo‘lgan o‘ziga xos ijro uslublari asosida ijodiy maktablarni «ustoz-shogird» an’analari asosida qayta tiklash va rivojlantirish maqsadida:

  1. Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021-yilda Nukus shahrida II Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-noyabrdagi PQ–3990-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (A.N. Aripov):

a) Festivalni Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuqori tashkiliy daraja va badiiy saviyada o‘tkazish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda:

Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini kelgusida bosqichma-bosqich respublikaning boshqa hududlarida o‘tkazish choralarini ko‘radi;

sanitariya-epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda joriy yildagi Festival hamda kelgusidagi Xalqaro baxshichilik san’ati festivallarini o‘tkazish muddatini belgilaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring