Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Xonobod sihatgohini borib ko‘rdi (foto)

Prezident Xonobod sihatgohini borib ko‘rdi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

So‘lim tabiati bilan mashhur Xonobodda bir paytlar qurila boshlagan sanatoriy qarovsiz holda qolib ketgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 2-iyunda bu yerga kelib, uni obodonlashtirish, aholi dam olishi uchun zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

O‘tgan yili bu yerda 180 o‘rinli zamonaviy sihatgoh ishga tushirildi. Davolash binolari, standart, yarimlyuks va lyuks xonalar, 6 ta apartamentda barcha sharoitlar yaratildi.

Dengiz sathidan 850 metr balandlikda joylashgan ushbu maskan toza havosi va shifobaxsh suvi bilan nafas yo‘llari, asab tizimi, yurak qon-tomir kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan. Mineral vannalar, fizioterapiya, elektroforez, galvanizatsiya, igna bilan davolash, stomatologiya, kosmetologiya, galoterapiya yo‘lga qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring