Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Toshkent viloyatidagi ahvolni tanqid qildi

Prezident Toshkent viloyatidagi ahvolni tanqid qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Nurafshon shahrida Toshkent viloyati faollari, hokimlar va sektorlar rahbarlari, respublika idoralari mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev viloyat iqtisodiyoti, tumanlardagi ahvolni tanqid qilgan.

— O‘zim yurib, respublikadan rahbarlar yuborib, eng dolzarb masalarni hal qilyapmiz. Hamma joyda o‘zgarish bo‘lyapti. Toshkent viloyati nimaga uyg‘onmayapti? Vaqt shiddat bilan o‘tyapti. Har bir kun, har bir daqiqa g‘animat. Prezident siyosat yuritadi, imkon yaratadi. Mutasaddilar qattiq talab qilib, quyi tizimdagi rahbarlar jon kuydirib ishlab, natijani ta’minlashi kerak. Odamlar quruq gapga chidamaydi. Toshkent viloyatida quruq gap. Qani raqobat, qani ilm, qani natija, qani tashabbus, — deya savol qo‘ydi Shavkat Mirziyoyev.

Katta iqtisodiy salohiyatga ega bo‘la turib, viloyatda mavjud rezerv va imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayotgani, sanoat haligacha bir nechta yirik korxonalarga bog‘liq bo‘lib qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Bo‘ka, Piskent, Parkent, Ohangaron, Bekobod, Quyichirchiq, Oqqo‘rg‘on va Chinoz tumanlarida sanoat rivoji pastligicha qolmoqda. Quyichirchiq, Bekobod, Ohangaron, Piskent va Bo‘ka tumanlarida aholi jon boshiga xizmat ko‘rsatish hajmi respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2-3 barobar kam.

Yig‘ilishda tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligi, ish o‘rinlari, ijtimoiy sharoitlarga doir dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring