Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident tanqid qilgan mahallada ish boshlandi

Prezident tanqid qilgan mahallada ish boshlandi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning 18-19-fevral kunlari Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida shahar chekkasidagi Bunyodkor mahallasini borib ko‘rib, bu yerdagi ahvol mahalla nomiga zid ekanligi, aholining farovon turmushi uchun zarur bo‘lgan infratuzilma talab darajasida emasligini keskin tanqid qilgandi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga zarur muhandislik tarmoqlarini tortib, mahalladagi sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.

«Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati ham davlat rahbarining haqli e’tirozlaridan tegishli xulosa chiqargan holda va tegishli ko‘rsatmalari ijrosini ta’minlash maqsadida 12 ming kishi istiqomat qiladigan chekka hududda tarmoq tortish ishlarini izchillik bilan olib bormoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 23-noyabrdagi «2017 — 2021-yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash dasturi to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan dastur doirasida «Bunyodkor» mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga aholi iste’molchilarini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 95 dona yangi temir-beton tayanch, qo‘shimcha 250 kVAli transformator punkti va 3.4 kilometr masofa bo‘ylab yangi tarmoq qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlar natijasida iste’molchilarning elektr energiyasi bilan bog‘liq e’tirozlari bartaraf etiladi.

Mahallada olib borilayotgan tarmoq tortish ishlari «Sanoat», «Gaiston», «Mustaqillik 10 yilligi», «Sardor», «Chorvador», «Bog‘bon», «Yangi zamon», «Bahor» ko‘chalarini qamrab olmoqdaki, bu ushbu hududlar yorug‘ligini ta’minlaydi. Xonadonlarda elektr ta’minotini bir maromda kechishiga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring