Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident: «Surxondaryo viloyati hokimini nega ishdan olib tashladim?»

Prezident: «Surxondaryo viloyati hokimini nega ishdan olib tashladim?»

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha Davlat budjetiga tushumlar va eksport prognozlari ijrosi natijadorligi hamda birinchi yarim yillik uchun belgilangan ko‘rsatkichlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash yuzasidan videoselektor davomida Surxondaryo viloyati bo‘yicha ham gapirib o‘tdi. Bu haqda «Kun.uz» xabar berdi.

«Surxondaryo viloyati hokimini nega ishdan olib tashladim? Viloyatda tartib yo‘q, intizom yo‘q, sharmandalik.

Qonun hamma uchun bir, hokimga ham, militsiyaga ham, xizmat boshlig‘i uchun ham. Qonun bor, jazo muqarrar», deya prezidentning so‘zlarini keltiradi «Kun.uz» muxbiri.

Prezident Surxondaryo viloyatida 2 milliard so‘m miqdorida yer va mol-mulk solig‘i to‘lanmaganini qayd etib o‘tgan.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi To‘ra Bobolovga tegishli topshiriqlar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov 1-aprel kuni lavozimidan ozod etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring