Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktyabr kuni xorijiy mamlakatlar bilan erishilgan kelishuvlar ijrosi, yangi investitsiyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Yig‘ilishda Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarini 2020-2022 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ham muhokama qilindi. Dasturga muvofiq, Qo‘qon shahrida umumiy qiymati 420 million dollarlik 250 ta, Marg‘ilon shahrida 192 million dollarlik 172 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.

Ajratilayotgan investitsiyalar ushbu shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash va yangi turar joylar qurishga yo‘naltiriladi.

Prezidentimiz mazkur uch yo‘nalish Qo‘qon va Marg‘ilonni har tomonlama yangilash, odamlar hayot sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring