Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident: «Joylardagi rahbarlar oson yo‘lga o‘rganib qolishdi»

Prezident: «Joylardagi rahbarlar oson yo‘lga o‘rganib qolishdi»

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan 12-avgust kungi yig‘ilishda yana bir muhim soha – mahalliylashtirishni kengaytirish masalasi tanqid qilingan.

– Shuncha sharoit yaratyapmiz, texnologiyalar olib kelyapmiz. Joylardagi rahbarlar esa o‘zini qiynamay, mahalliylashtirish ustida ishlash o‘rniga osongina import qilishga o‘rgangan, – degan prezident.

Davlat rahbari ayrim tarmoq va hududlarda mahalliylashtirish bo‘yicha ishlar o‘z holiga tashlab qo‘yilganini gapirgan.

Vazirlar Mahkamasiga barcha tarmoq va hududlar korxonalarida mahalliylashtirilgan tovar ishlab chiqarish hajmini kelgusi ikki yilda kamida 20 foizga oshirish, import ulushi yuqori bo‘lgan tovarlarni mahalliylashtirish bo‘yicha dastur tayyorlash vazifasi qo‘yilgan.

– O‘zbekistonda molibdenning 1,1 foizi, tabiiy gazning 12 foizi, ruxning 21 foizi, misning 25 foizi, meva-sabzavotlarning 20 foizi, ip-kalavaning 46 foizi qayta ishlanmoqda, xolos. Agar bu xomashyolar chuqur qayta ishlansa, qo‘shilgan qiymatni 5 baravargacha oshirish mumkin, – deya ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Hisob palatasi tarkibida mahalliylashtirishni kengaytirish masalalarini tahlil qiladigan bo‘linma tashkil etish aytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring