Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Interpol rahbari Xitoyda bedarak yo‘qoldi

Interpol rahbari Xitoyda bedarak yo‘qoldi

Foto: «Izvestiya»

Interpol rahbari Men Xunvey Xitoyga tashrifi vaqtida yo‘qolib qoldi. Bu haqda  Europe1 radiostansiyasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, idoraning 64 yoshli rahbari 29-sentyabrdan beri aloqaga chiqmagan. Shu kuni u Fransiyadan jo‘nab ketgan edi. Shu vaqtdan beri qarindoshlari Xunvey bilan bog‘lana olishmayapti, uning qayerda ekanligi esa noma’lum. Uning yo‘qolgani haqida rafiqasi politsiyaga xabar bergan.

Fransuz huqumati voqea yuzasidan surishtiruv boshladi.

Men Xunvey 2016-yilning noyabrida Interpol prezidenti etib saylangandi. Bungacha u Xitoy jamoat xavfsizligi vaziri o‘rinbosari bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring