Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident arxivchilarning oyligini oshirdi

Prezident arxivchilarning oyligini oshirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-sentyabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi «O‘zarxiv» agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, 2019-yil 1-oktyabrdan:

Agentlik markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlarining lavozim maoshlari Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan 1,6 baravarga oshiriladi.

Agentlik markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlariga sohada uzoq muddat xizmat qilgani uchun ish haqiga ustama haq to‘lanadi.

Ushbu bandni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring