Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident aholi murojaatlari asosida sharoitlarni yaxshilashga ko‘rsatmalar berdi

Prezident aholi murojaatlari asosida sharoitlarni yaxshilashga ko‘rsatmalar berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ohangaron shahri Davlat xizmatlari markazining yangi binosida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Bugungi kunda Ohangaron shahrida 37 mingdan ortiq aholi yashaydi. Markazda jismoniy va yuridik shaxslarga 100 dan ziyod xizmatlar ko‘rsatilmoqda. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Barcha sohalar rivojlangani sari xalqimizning davlat xizmatlariga ehtiyoji va talabi ortib bormoqda. Xususan, 2018-yil davomida markaz tomonidan jami 7 mingdan ziyod xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, joriy yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 6 mingdan ortdi.

Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida binoda bolalar maydonchasi, tibbiyot xonasi, kutubxona, oshxona, investorlar uchun maxsus xonalar hamda bepul Wi-Fi tashkil etilgan. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbarining 2019-yil 14-maydagi «Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan ushbu markazda Bosh vazir qabulxonasi tashkil etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentimiz aholi ko‘p murojaat qilayotgan masalalarni o‘rganib, shunga taalluqli sharoitlarni yaxshilash, talab etiladigan hujjatlarni kamaytirib borish zarurligini ta’kidladi. Davlat xizmatlari markazi tizimidan foydalangan holda mahalla idoralarida ham hujjatlar bilan ishlashni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring