Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxt prokuraturasidan kutilmagan qadam: Grigoryan o‘limi yuzasidan brifing tashkil qilinmoqda!

Poytaxt prokuraturasidan kutilmagan qadam: Grigoryan o‘limi yuzasidan brifing tashkil qilinmoqda!

Bugun Toshkent shahar prokuraturasida dizayner Narimon Grigoryan qasddan o‘ldirilganligi holati bo‘yicha ommaviy axborot vositalari uchun maxsus brifing bo‘lib o‘tadi. Tadbir shahar prokuraturasi rahbariyati tashabbusi bilan tashkil etilayotgani aytilmoqda.

Buning nimasi ajablanarli?

Bir qarashda hammasi joyida. Poytaxt prokuraturasining holat bo‘yicha ommaviy axborot vositalariga aytari bor ekan, bosh ustiga! Qolaversa, shu choqqacha endigina ochilib, hali tergov harakatlari nihoyasiga yetmagan o‘ta og‘ir jinoyat yuzasidan matbuot anjumani uyushtirilayotgani ham o‘ta kamyob hodisa. Odatda o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha tergov jarayoni maxfiy tutiladiki, bundan murod — ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qiluvchi ehtimoliy holatlarining oldini olishdir.

Qotillik qurboni bo‘lgan N.Grigoryan masalasida Toshkent shahar prokuraturasi qovun tushirgani ma’lum. Ya’ni, hali jinoyat fosh etilmay turib, marhumning qonga belangan jasadi aks etgan lavha va suratlarni «Telegram»dagi sahifasida e’lon qilib yuborgandi. To‘g‘ri, ko‘p o‘tmay xatolik operator tomonidan sodir bo‘lgani aytilib, yuz bergan holat uchun rasman uzr so‘raldi. Ammo shu bilan «hammasi joyiga» tushgani yo‘q.

Oradan bir kun o‘tib, jinoyatni sodir etgan kimsa qo‘lga olingani xabar qilinar ekan, avvaliga marhumning ismi-sharifi, ish joyi, qotillik yuz bergan manzilgacha ochiq-oydin ma’lumot berildi. Biroq bu ma’lumotning «umri» ko‘pga bormadi: darhol zarur tuzatish kiritilib, marhumning ismi-sharifi bosh harflari qoldirildi. Shunga qaramay, matnda «ish joyi» o‘zgarishsiz qoldirilganidan marhum kim ekanini bilish qiyin emasdi...

Endi esa marhumning hatto ismi-sharifi yashirilgan (!) jinoyat ishi yuzasidan ommaviy axborot vositalari (!) uchun brifing o‘tkazish rejalanmoqda?! Ajab...

Bundan muddao nima?

Ayni savolga yaqin soatlarda javob topamiz, nasib...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring