Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Piyodaning umriga zomin bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda

Piyodaning umriga zomin bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda

Foto: «sobitie.com.ua»

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 27-iyun kuni soat 22.30larda noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Qiziljar mahallasi hududida haydab ketayotib, piyoda — O‘rikzor mahallasida yashagan 41 yoshli Rustam Valiyevni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan.

Natijada piyoda R.Valiyev jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan haydovchi va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki «102» telefon raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz, deyiladi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring