Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Piskentdagi bosqinchilik. Jinoyatchilar qo‘lga olindi

Piskentdagi bosqinchilik. Jinoyatchilar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Piskent tumanida shu yil 16 martga o‘tar kechasi 3 nafar noma’lum shaxs yuziga niqob kiyib, temir bo‘lagi va pichoq bilan qurollangan holda Navoiy mahallasida yashovchi F.A.ning uyiga bostirib kiradilar. Jinoyat tafsilotlari haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berib o‘tdi.

F.A.ning birga yashovchi o‘g‘li B.A.ni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, uning yuziga urib, tan jarohati yetkazib, uyidan 4 300 000 so‘m puli va aksessuarlarini olib voqea joyidan yashiringanlar. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navoiy mahallasida yashovchi Z.S., O‘rtachirchiq tumani Galabotir mahallasida yashovchi S.J. va Toshkent shahar Bektemir tumanida yashovchi M.M.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring