Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pele yana operatsiya qilindi

Pele yana operatsiya qilindi

Foto: «AP»

Braziliyalik mashhur sobiq futbolchi Pele yana operatsiya qilindi. Futbol qirolining siydik qopchasidagi tosh jarrohlik yo‘li bilan olib tashlangan.

Ayni vaqtda uning holati yaxshi, jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, Pele 3 aprelda kasalxonaga yotqizilgan edi. U Parijda Kilian Mbappe bilan ko‘rishgandan so‘ng o‘zini yomon his qilgan. Sobiq futbolchi mahalliy kasalxonaga olib borildi. Bir necha kundan so‘ng Braziliyaga uchib ketgan.

78 yoshli Pele avval ham bir necha bor kasalxonada davolanishga majbur bo‘lgan edi. Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan 2018 yilgi jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimida u nogironlar aravachasida o‘tirgancha ishtirok etgandi.

Pele — Braziliya terma jamoasi tarkibida uch marta jahon chempioni bo‘lgan. U FIFA tomonidan o‘tgan asrning eng yaxshi futbolchisi, deb tan olingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring