Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Shu haftaning o‘zida kadrlar masalasida katta o‘zgarishlar bo‘ladi» — Prezident

«Shu haftaning o‘zida kadrlar masalasida katta o‘zgarishlar bo‘ladi» — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni selektor yig‘ilishi o‘tkazgani haqida xabar berilgandi. Davlat rahbari hokimlar paxta bilan shug‘ullanmasligi kerakligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.

— Paxta hosildorligi 55 sentnerga chiqmasa, bunday klaster bizga kerak emas. Hokimlar paxta bilan shug‘ullanmaydi, barcha mas’uliyat klasterlar zimmasiga yuklanadi.

Shu haftaning o‘zida kadrlar masalasida katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Bir nechta «kattakonlar» ishdan olinadi. Ularning sadoqati bor, ammo qo‘lidan ish kelmayapti, aravani torta olmayapti.

25 sentner paxtangiz menga kerak emas. Xalq uchun ishlash kerak. Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha katta tashabbuslarni amalga oshirish shart.

Agar bitta bo‘lsin korxonani barqaror ishlashga o‘tkaza olsak, xalqqa qilgan eng katta xizmatimiz shu bo‘ladi, — dedi Prezident.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring