Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Parranda fabrikasidagi kuchli portlash bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Parranda fabrikasidagi kuchli portlash bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida parranda fabrikasida sodir bo‘lgan chaqnash bo‘yicha FVV qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 30 mart kuni soat 10-40 larda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanining «Melixo‘ja» MFYda joylashgan parranda fabrikasida, dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, xavo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. 

Hodisa oqibatida vafot etganlar yo‘q, 2 nafar fuqaro yengil tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda «Hududgazta’minoti» mas’ul xodimlari chiqishgan.

Hozirda voqea sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring