Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Parijdagi mashhur Notr-Dam cherkovi yonmoqda (video)

Parijdagi mashhur Notr-Dam cherkovi yonmoqda (video)

Parijdagi mashhur Notr-Dam cherkoviga yong‘in tushdi. Bu haqda Tvitter foydalanuvchilari video joylashdi. Videoda aks etishicha, cherkovning tom qismi to‘liq alanga ichida qolgan. Qurbonlar va jabrlanuvchilar haqida ma’lumot yo‘q.

Cherkov vakili Andre Finoning aytishicha, yong‘indan ogohlantiruv signali mahalliy vaqt bilan 18:30da ishlab ketgan. Binoda ta’mirlash ishlari olib borilgan, aynan shu yong‘inga sababchi bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deb xabar berdi BBC.

Notr-Dam – Parij markazidagi katolik cherkovi bo‘lib, Fransiya poytaxtining ramzlaridan biri hisoblanadi. Bu cherkov qariyb 200 yil davomida qurilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring