Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zmilliybank» ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarni ipoteka krediti asosida sotuvni yo‘lga qo‘ydi

«O‘zmilliybank» ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarni ipoteka krediti asosida sotuvni yo‘lga qo‘ydi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida yangi barpo bo‘lgan ikkita ko‘p qavatli uy-joy sotilishi e’lon qilindi.

Xalqimizning yashash turmush tarzini yaxshilash maqsadida, barcha qulayliklarni o‘z ichida mujassam etgan yangi qurilgan xonadonlar aholimiz uchun ipoteka krediti asosida taqdim etilmoqda. Ko‘p qavatli uy-joylarda 48 ta xonadon va har bir ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatida tijorat maydonlari joylashgan. Tijorat maydonlarida aholining uzog‘ini yaqin qilish maqsadida do‘kon, oshxona (kafe, restoran) va boshqa xizmat turlari tashkil etiladi.

Ushbu ko‘p qavatli uy-joylar ikki va uch xonali xonadonlardan iborat. Ikki xonali xonadonlarning maydoni 56.8 va 57.2 kv.m. va 3 xonali xonadonlarning maydoni 66.8 va 67.3 kv.m.ni tashkil etadi. Tijorat maydonlarining umumiy maydoni 547.8 kv.m. dan iborat. Har bir uy-joyning atrofida dam olish maskani, bolalar maydonchasi, avtomobil turar joyi, chiqindi yig‘ish punkti joylashgan.

«O‘zmilliybank» ko‘p qavatli uylarni sotishda arzon va muddatli kredit taklif qilmoqda. Uy-joylarni sotishda har bir xonadon narxining 15 foiz boshlang‘ich badalini shakllantirgan holda 15 yil muddatga, 3 yil imtiyozli davr qo‘llab yillik 16 foiz ustama to‘lash sharti bilan beriladi. Tijorat maydonlarini sotishda 5 yil muddatgacha imtiyozli foiz stavkalarda (18-24%) kredit ajratiladi.

Murojaat uchun telefonlar:
78 148 00 10
71 234 48 06
71 252 77 20

ShOShILING, O‘Z XONADONINGIZGA EGA BO‘LING!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring