Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zmilliybank» bayram shousida polvon bolalar to‘la avtobusni sudradi (foto)

«O‘zmilliybank» bayram shousida polvon bolalar to‘la avtobusni sudradi (foto)

Foto: O‘zmilliybank matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki joriy yilning 1 oktyabr kuni «O‘zmilliybankning oila kuni»ni «Yoshlik» sport-sog‘lomlashtirish majmuasida o‘tkazdi.

Tadbirdan asosiy maqsad bankda faoliyat yuritayotgan xodimlarning oila a’zolari bilan birgalikda turli sport o‘yinlarida ishtirok etib, jamoa bo‘lib axillik, totuvlik va xodimlar o‘rtasidagi birdamlikni kuchaytirishdir.

Bayram shukuxi «Yoshlik» sport-sog‘lomlashtirish majmuasining kirish joyidan boshlandi. Bolajonlarni turli multfilm qaxramonlari kutib olib, musiqa sadolari ostida raqslar ijro etildi. So‘ng, majmuaning markaziy o‘yingohida maxsus barpo etilgan sahnada kuni kecha sharafli dunyo Chempionligini qo‘lga kiritgan mashhur bokschilarimiz ishtirokida badan tarbiya o‘tkazildi, shu bilan birga, turli qiziqarli uynlar tashkil etildi va belgilangan joylarda sport musobaqalari futbol, katta tennis, stol tennisi, shaxmat, yengil atletika va badminton kabi o‘yin turlari o‘tkazildi. Musobaqalarda yutgan jamoalar, yakka tartibdagi oila sport ishtirokchilari esdalik va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida «Baxodirlar» o‘yini, «Illyuzionist» shousi, bolajonlar uchun maxsus maydon bo‘ylab qiziqarli badiiy rassomchilik, art-chizish va boshqa hordiq chiqarish o‘yinlari tashkil etildi.

Shuningdek, «1 oktyabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan, O‘zmilliybank faoliyatida katta tajriba, o‘z mehnatlari bilan faol bank hayotida ishlab kelayotgan faxriy xodimlar ham taqdirlandi.

Xullas, bayram bayramlarga ulandi, barcha tashrif buyurgan xodimlar oila a’zolari bilan xursandchilik va ko‘tarinki ruxda bo‘lishdi. Bunday tadbirlar, jamoa bo‘lib ishlashni va xodimlar o‘rtasida birlikni shakllantiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring