Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbektelekom» ikki tarif rejasida tezlikni 10 Mbit/s.ga oshirdi

«O‘zbektelekom» ikki tarif rejasida tezlikni 10 Mbit/s.ga oshirdi

Foto: «O‘zbektelekom»

«O‘zbektelekom» AK 2019-yil 24-iyuldan UNLIM seriyasining ayrim tarif rejalariga o‘zgartirishlar kiritmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

UNLIM 10 va UNLIM 20 tarif rejalari abonentlari uchun avvalgi tezlikka yana 10 Mbit/s.dan qo‘shildi va bunda abonent to‘lovi o‘zgarishsiz qoldirildi. Endilikda 20 Mbit/s. tezlikdagi (avval 10 Mbit/s. edi) cheksiz internet qiymati 149 000 so‘mni, 30 Mbit/s. tezlikdagi (avval 20 Mbit/s. edi)  tarif rejasi esa 199 000 so‘mni tashkil etadi.

Tarif rejalariga o‘tish shaxsiy kabinet yoki savdo va xizmat ko‘rsatish bo‘limlari orqali amalga oshirilishi mumkin.

Yangi abonentlar tarif rejasiga ulanishlari uchun savdo va xizmat ko‘rsatish ofislariga murojaat qilishlari yoki kompaniyaning sayti orqali onlayn tarzda ariza qoldirishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring