Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik sportchi tailandlik jangchini o‘z vatanida mag‘lubiyatga uchratdi

O‘zbekistonlik sportchi tailandlik jangchini o‘z vatanida mag‘lubiyatga uchratdi

2017-yilgi Osiyo o‘yinlari finalchisi, o‘zbekistonlik sportchi Jahongir Husanov Tailandning Pxuket orolida har yili o‘tkaziladigan nufuzli musobaqada raqibini muddatdan avval nokautga uchratdi. Bu haqda Muaytay federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda Muaytay federatsiyasi 1995-yil 1-mayda tashkil etilgan. 2009-yil oktyabr oyida Muaytay federatsiyasi O‘zbekiston havaskor va professional muaytay uyushmasiga aylantirildi.

Muaytay bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan. 1993-yildan hozirgi kunga qadar yurtimizdan 17 nafar jahon chempioni, 11 nafar Osiyo chempioni, 7 nafar Osiyo o‘yinlari g‘oliblari va yana shuncha Butunjahon o‘yinlari chempioni yetishib chiqqan hamda turli toifada 132 medal qo‘lga kiritilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring