Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondan ko‘chib ketayotganlar soni kelayotganlar sonidan ko‘ra ko‘proq (jadval)

O‘zbekistondan ko‘chib ketayotganlar soni kelayotganlar sonidan ko‘ra ko‘proq (jadval)

Foto: «vesti.uz»

Yurtimizning doimiy aholisi soni 2019-yil 1-aprel holatiga ko‘ra 33 375,8 ming kishini tashkil etib, 2019-yil boshidan 120,3 ming kishiga yoki 0,4 foizga o‘sgani haqida xabar bergan edik.

Hisobotga ko‘ra, 2019-yil yanvar-mart oylarida doimiy aholi soni 120,3 ming kishiga ko‘paydi. Shundan tabiiy o‘sish 122,4ni tashkil etgan (159,5 ming tug‘ilish, 37,1 ming vafot etganlar) bo‘lsa, mexanik o‘sish (aslida kamayish) — 2,1 ming kishini tashkil etgan. Ya’ni, o‘tgan uch oy ichida O‘zbekistonga 41,5 ming kishi ko‘chib kelgan bo‘lsa, 43,6 ming kishi mamlakatdan chiqib ketgan.

Mamlakatimizga ko‘chib kelayotganlarning eng katta ulushi Tojikiston hisobiga (26,2 foiz), doimiy yashash uchun ko‘chib ketayotganlarning katta qismi esa Qozog‘istonga (47,9 foiz) to‘g‘ri kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring