Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yana bir vazirlik tuziladi

O‘zbekistonda yana bir vazirlik tuziladi

Foto:«O‘zA»

O‘zbekistonda Ijtimoiy himoya sohasida alohida mas’ul vazirlik tashkil etiladi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Senatning o‘n to‘qqizinchi yalpi «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi doirasida birinchi chorakda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti vaqtida ma’lum qildi, deya yozmoqda «Xalq so‘zi».

«Ijtimoiy sohadagi uzoq vaqtdan beri hammamizni qiynab kelgan bir muammo ya’ni Ijtimoiy himoya sohasida alohida mas’ul vazirlik tashkil etish masalasi ham 2019-yil Davlat dasturiga kiritilgan.

Mazkur masala bo‘yicha Deputatlar va Senatorlarimiz ham tavsiyalarini berganlar. Bosh vazirimizning mazkur masala yuzasidan aniq topshiriqlari chiqdi. Albatta qisqa muddatlarda mazkur topshiriq bajariladi», deya gapirib o‘tgan Abduhakimov.

Avvalroq, Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev vazirlik va idoralarning 20 ga yaqin boshqarmasi Nurafshonga hali ham ko‘chirilmagani tanqid qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring