Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda transport va logistikani rivojlantirish muammolari o‘rganiladi

O‘zbekistonda transport va logistikani rivojlantirish muammolari o‘rganiladi

Foto: «sunsport.ru»

Ustav bilan markaz faoliyatning asosiy funksiyalari, huquq va majburiyatlari belgilab berildi.

Hukumat qarori (305-son, 12.04.2019-y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazining ustavi tasdiqlandi. Bu haida «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qildi.

Hujjatga muvofiq, Markaz faoliyatining asosiy maqsadi transport va logistikani rivojlantirish sohasida muammolarni tizimli asosda o‘rganish hisoblanadi.

Markaz transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida xavfsizlikni oshirish bo‘yicha innovatsion texnologiyalar va intellektual transport tizimlarini joriy etadi.

Ustav bilan markaz faoliyatning asosiy funksiyalari, huquq va majburiyatlari belgilab berildi.

Markazga transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring