Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda «saxar» bo‘lganlar soni 4-5 marta oshishi mumkin — SSV

O‘zbekistonda «saxar» bo‘lganlar soni 4-5 marta oshishi mumkin — SSV

O‘zbekistonda qandli diabet bilan kasallangan bemorlar soni (hozir 230 ming) kelajakda 4-5 martaga oshib ketishi kutilyapti. Olib borilgan tadqiqotlar va Namanganda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida shu xulosaga kelingan.

Bu haqda bugun AOKAda o‘tgan Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari ishtirokidagi brifingda aytilgan.

“Hozirda shu 230 ming nafar bemordan 66 765 tasiga davlat tomonidan insulin beriladi. Bemorlarimizning insulin bilan ta’minoti — muhim masala”, degan Sog‘liqni saqlash vaziri birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusufaliyev.

Qandli diabetning surunkali asoratlarini kamaytirish, ularni yuzaga kelishini kechiktirishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan onlayn registr ishlab chiqilmoqda.

“2015-yilda qandli diabet bilan kasallangan 170 ming 536 ta bemor ro‘yxatga olingan edi, — degan Bahodir Yusufaliyev. — Bugungi kunga kelib esa, 230 ming 610 ta bemor ro‘yxatga va nazoratga olingan. Ko‘rib turibmizki, qandli diabetga chalinganlar oxirgi 3 yilda deyarli 60 mingtaga ko‘paygan. Bundan keyin skrining tekshiruvlari va kasallikni aniqlash ishlari ko‘payib boradi. O‘zbekistonda qandli diabet bilan kasallangan bemorlar soni ortishi kutilmoqda”.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring