Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda qor qoplonini saqlab qolish uchun seminar-trening o‘tkazildi

O‘zbekistonda qor qoplonini saqlab qolish uchun seminar-trening o‘tkazildi

2019 yilning 12-18 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi ilg‘or texnologiyalar markazi va «Pantera» xalqaro jamg‘armasi bilan hamkorlikda BMTTD global ekologik jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining «Global ahamiyatga molik bo‘lgan bioxilmaxillk uchun muhim bo‘lgan asosiy tog‘ hududlarida tabiiy resurslardan barqaror foydalanish va o‘rmonlarni boshqarish» o‘zaro loyihasi tomonidan O‘zbekiston olim-genetiklari uchun seminar-trening tashkillashtirildi. Bioxilmaxillikning asosiy hududlarini mustahkamlash bo‘yicha komponent doirasida loyiha tomonidan O‘zbekistonda qor qoploni umumiy sonini baholash uchun genetik tahlil qo‘llashda ko‘mak ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.

Ushbu maqsadda BMTTD loyihasi ekspertlari xalqaro trenerlar – «Pantera» jamg‘armasining «Qor qoploni» va «Tabiatni muhofaza qiluvchi genetika» dasturlarining direktori Bayron Vekvort va Delaver hamda Shimoliy Karolina shtati universiteti o‘qituvchisi Imojen Kanchellar o‘zbekistonlik genetiklarni biologik namunalarning DNK tahlili asosida qor qoploni va boshqa turdagi yovvoyi hayvonlarni identifikatsiyalash usuli bilan tanishtirdilar. Mazkur zamonaviy noinvaziv usul O‘zbekiston va O‘rta Osiyo hududida ilk bor qo‘llaniladi.

Qor qoploni (Panthera uncia) mushuksimonlar oilasiga kiruvchi yirik yovvoyi sutemizuvchi bo‘lib, shimoliy va markaziy Osiyo, hamda Himolay tog‘larida yashaydi. Qor qoploni tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil ro‘yxati va u uchraydigan barcha mamlakatlarning Qizil kitoblariga kiritilgan bo‘lib, yo‘qolish xavfi yuqori bo‘lgan yirtqich hayvon sifatida baholanadi.

O‘zbekistonda bu hayvon yashaydigan hududlarning umumiy maydoni 10000 km2 yoki global maydonning 0,36% ga teng. Qor qoploni g‘arbiy Tyan-Shanning Chotqol, Pskent, Ugam va Kuramin tog‘ tizmalari, shuningdek Pomir-Oloy tog‘ tizimining G‘issor, Turkeston, Zarafshon tog‘ tizmalarida yashaydi.

O‘zbekistonda qor qoplonining soni 30-50 dan 80-120 gacha baholanadi.

Qor qoplonining yashashi uchun asosiy xavflar: yashash joylarining degradatsiyasi, o‘g‘rincha ovlash, uy hayvonlariga hamla qilgani uchun qasos o‘laroq hayvonlarni o‘ldirish, ilvirsni muhofaza qilish bo‘yicha yetarli bo‘lmagan chora-tadbirlar va past xabardorlik.

O‘zbekiston Respublikasida qor qoplonini monitoring qilish dasturi doirasida BMTTD loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya davlat qo‘mitasi, O‘zR Fanlar akademiyasi zoologiya instituti mutaxassislari tomonidan hayvonni tutmasdan va unga jismoniy ziyon keltirmasdan uni o‘rganish va tekshirish imkonini beruvchi noinvaziv genetik tahlil usullarini qo‘llash bo‘yicha innovatsion texnologiya joriy qilinmoqda. Bunda o‘zbekistonlik olimlar qor qoplonining bavl namunalarini laborator tahlil qilish orqali uning turi, jinsi va identifikatsiyasini aniqlash imkoniga ega bo‘ladi. Mamlakatda qor qoplonining zichligi va sonini davriy baholash uchun noinvaziv genetik tahlil usuli yordamida O‘zbekistonda qor qoplonini monitoring qilish dasturi amalga oshiriladi. Bu global miqyosda ilvirsni muhofaza qilish va yo‘qolishi darajasini kamaytirish yo‘lida muhim qadamdir va u O‘zbekistonda amalga oshirilmoqda. Shu paytgacha 12 mamlakatning transchegaraviy hududida yashovchi mazkur noyob turni muhofaza qilish bo‘yicha loyihalar ekspertlari genetik tahlil uchun barcha to‘plangan namunalarni horijga yuborishadi. Yaqin kelajakda buni O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan genetik laboratoriyalarida amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Trening davomida tinglovchilar dala va laboratoriya sharoitlarida namularga ishlov berish, bavl namunalarini to‘g‘ri saqlash, yo‘qolayotgan tur DNK sini aniqlashda innovatsion ekspress-usul haqida ma’ruzalar tinglashdi.

«Global ahamiyatga molik bo‘lgan bioxilmaxillk uchun muhim bo‘lgan asosiy tog‘ hududlarida tabiiy resurslardan barqaror foydalanish va o‘rmonlarni boshqarish» loyihasi BMTTD, Global ekologiya jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan 2017 yilning may oyidan amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» qarori doirasida quruqlik ekotizimlarini himoyalash va tiklash, ulardan oqilona foydalanishga ko‘maklashish, o‘rmonlardan oqilona foydalanish, cho‘llanishga qarshi kurashish, yerlarning yemirilishini to‘xtatish va ortga qaytarish, bioxilma-xillikning yo‘qolib ketishi jarayonini to‘xtatish amalga oshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring