Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda sun’iy yo‘ldoshdan foydalaniladi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda sun’iy yo‘ldoshdan foydalaniladi

Foto: Agro.uz

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, OneSoil, Boston Consulting Group kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlardan foydalanishga doir bitim imzolandi.

Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi sub’yektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur bitim «Aqlli qishloq xo‘jaligi» Konsepsiyasi doirasida qishloq xo‘jaligiga raqamli texnologiyalarni faol tatbiq etish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali O‘zbekistondagi yer maydonlari va ekinlarini ob’yektiv xaritalashga doir ishlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Loyiha mamlakatimizdagi bir viloyat misolida pilot tarzda amalga oshirilib, bu borada dalalardagi ekinlarni multispektral diapazondagi yo‘ldosh suratlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Joriy yilning avgust oyida qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish va ekinlarning o‘sishi sharoitlari bo‘yicha ma’lumotni aniqlash, yechimlarini ishlab chiqish bo‘yicha investitsiya portfelini yaratishga qaratilgan seminarlar o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring