Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda juda issiq ob-havo kuzatiladi

O‘zbekistonda juda issiq ob-havo kuzatiladi

Foto: «Xabar.uz»

11—18-iyulda O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlaridan 5-7° ga yuqori bo‘lgan juda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Havo kunduz kunlari 40-42° gacha, janubda va cho‘l hududlarda 43-45° gacha bo‘ladi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida garmsel bo‘lishi mumkin.

11—18 iyulda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida harorat fonining ko‘tarilishi hisobiga Tojikiston va Qirg‘iziston hududlaridan glyasial (muzli) sel toshqinlari o‘tishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring