Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan «Sputnik V» vaksinasi qachon bozorga chiqarilishi aytildi

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan «Sputnik V» vaksinasi qachon bozorga chiqarilishi aytildi

Foto: «U-f.ru»

Jurabek Laboratories farmatsevtika kompaniyasi Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasini seriyali ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda marketing va sotish bo‘limi boshlig‘i Aziz Soipovga tayanib «Gazeta.uz» xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dori oktyabr oyida ichki bozorga chiqadi. Uning aniqlik kiritishicha, sifatni nazorat qilish uchun seriyali ishlab chiqarish vaksinasining namunalari preparatni ishlab chiquvchi — N. F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markaziga, shuningdek, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi yuborilgan.

«Vaksinani quyish allaqachon boshlangan. Biz har bir seriyani tekshiruvdan o‘tkazish uchun Rossiyaga yuboramiz. Tahlillar taxminan uch hafta davom etadi. Rossiyada va [маҳаллий] davlat markazi laboratoriyasida parallel nazorat mavjud. Javoblar chiqishi bilan biz [вакцинани Соғлиқни сақлаш вазирлигига] jo‘natishimiz mumkin bo‘ladi», — dedi Aziz Soipov.

Avgust oyi oxirida O‘zbekiston hukumati Jurabek Laboratories kompaniyasida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 va «Sputnik V» vaksinalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ruxsat bergan edi.

Zavodning ishlab chiqarish quvvati oyiga 2 million doza «Sputnik V» vaksinasini ishlab chiqarishga imkoniyat beradi.

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda shu kunga qadar qo‘llanilgan vaksinalarning 79 foizi — ZF-UZ-VAC2001, 14 foizi — Moderna, 5 foizi — AstraZeneca hamda 2 foizi — «Sputnik V» vaksinasi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring