Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda birinchi marta yuk ortgich texnikalar musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekistonda birinchi marta yuk ortgich texnikalar musobaqasi o‘tkazildi

Foto: «Xabar.uz»

2019-yilning 9 – 12-iyun kunlari XCMG korporatsiyasi vitse-prezidenti, XCMG frontal yuk ortgichlar zavodi direktori janob Van Sinchjuning O‘zbekistonga birinchi tashrifi bo‘lib o‘tmoqda. XCMG kompaniyasi XXRda og‘ir qurilish texnikasining eng yirik ishlab chiqaruvchisi va eksportchisi hisoblanadi hamda mashinasozlik sanoatining jahondagi yetakchilari jumlasiga kiradi.

Foto: «Xabar.uz»

XCMG kompaniyasi vitse-prezidenti janob Van Sinchjuning O‘zbekistonga tashrifi doirasida «XCMG frontal yukortgichning eng yaxshi operatori» unvoni uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 20 nafar operatorlar ishtirok etdilar. Bunda vazifalarni bajarish tezligi, sarf etilgan yoqilg‘i hajmi va amalga oshirilayotgan harakatlarning batartibligiga e’tibor berildi.

Birinchi o‘rinni «Chilonzor Temir Beton Mahsulotlari» MChJ vakili Saidazim Karimov, ikkinchi o‘rinni «Ikramov» XK a’zosi Vladislav Maksimenko va uchinchi o‘rinni KFUK operatori Umarali Majidov qo‘lga kiritdi. G‘oliblar qimmatbaho sovrinlar va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Foto: «Xabar.uz»

Janob Van Sinchjuning O‘zbekistonga tashrifi doirasida uy-joy fondi va noturar joy fondi ob’yektlarini modernizatsiya qilish, ta’mirlash va qurish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish uchun frontal yuk ortgichlar yirik turkumini yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolandi. Shuningdek, hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha rejalar belgilab olindi. Xususan, 2019-yilda XCMG frontal yuk ortgichlarining yangilangan lineykasini ishlab chiqarish va uni O‘zbekistonga eksport qilish kutiloqda.

Korporatsiya maxsus texnikani ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha XXRda yetakchi va jahonda 5-o‘rinni egallab kelmoqda. 2018-yilda XCMG frontal yuk ortgichlarining sotuv hajmi jahonda 17 925 ta birlikni tashkil etib, ulardan 729 tasi O‘zbekistonga eksport qilingan. XCMG frontal yuk ortgichlaridan ko‘chmas mulk ob’yektlarini, yo‘llarni, gidroinshootlarni, gaz va neft ob’yektlarini qurishda, shuningdek elektrlashtirish, foydali qazilmalarni qidirish va qazib olish, shaharlarni modernizatsiya qilishda keng foydalaniladi.

XCMG mahsuloti XCMG korporatsiyasining rasmiy dileri — Texnika Advans Servis (TAS) kompaniyasi orqali respublikamizning barcha hududlarida realizatsiya qilinadi. Janob Van Sinchjuning Toshkent shahriga tashrifidan so‘ng TAS kompaniyasining XCMG korporatsiyasi bilan hamkorligi yangi bosqichga o‘tishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring