Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston TIV Kobuldagi portlash yuzasidan bayonot berdi

O‘zbekiston TIV Kobuldagi portlash yuzasidan bayonot berdi

O‘zbekiston TIV joriy yil 30-sentyabr kuni Kobuldagi ta’lim markazining portlashi yuzasidan bayonot berdi.

«Kobul g‘arbidagi ta’lim markazida sodir etilgan qabih terrorchilik xuruji oqibatida o‘nlab insonlar, asosan, qizlar halok bo‘lgani va jarohatlangani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik.

Yana ro‘y bergan zo‘ravonlik harakatlarni keskin qoralagan holda, mazkur yovuz va g‘ayriinsoniy xuruj tashkilotchilari hamda ijrochilarini aniqlashda barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqiramiz», – deyiladi bayonotda.

O‘zbekiston TIV, shuningdek, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi va jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi ta’lim markazida imtihon paytida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 32 kishi nobud bo‘ldi, qirqqa yaqin odam yaralandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring