Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Rashidjon Qodirov ustidan sud boshlandi

O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Rashidjon Qodirov ustidan sud boshlandi

Toshkentning Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirov ustidan sud jarayoni boshlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» qator manbalariga tayanib xabar tarqatdi.

Sud majlisi yopiq rejimda bo‘lib o‘tmoqda.

Qonunchilikka ko‘ra, ishning yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilishiga davlat siri yoki qonun bilan himoyalanuvchi boshqa sirni saqlash zaruriyati bo‘lgan holatda yo‘l qo‘yiladi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishlaricha, ushbu jarayonlar haqida ma’lumot berish masalasi sud vakolatiga kiradi.

«Mazkur jinoyat ishining ko‘rib chiqilishi yopiq tartibda amalga oshirildi. Hozir ish sud jarayonida bo‘lgani tufayli, jamoatchilikka axborot taqdim etish masalalari faqat sud yurisdiksiyasi doirasida», — dedi Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Surayyo Rahmonova.

«Gazeta.uz» manbalari ma’lumotiga ko‘ra, sud jarayoni 7 yanvar, dushanba kuni 10:00 da ish ishtirokchilarining barchasi ustidan sud bilan bir vaqtda boshlangan. Sudlanuvchilarning qarindoshlari sud zaliga kiritilmagan. Keyingi sud majlisi 9 yanvarda bo‘lib o‘tadi.

Rashidjon Qodirov 23 fevral kuni qo‘lga olingan edi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 165, 205 va 2010-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Yozda uning ishi bo‘yicha 24 kishiga ayblov e’lon qilingani ma’lum bo‘lgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring