Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston ShHT bilan oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yangi kelishuvlarga erishadi

O‘zbekiston ShHT bilan oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yangi kelishuvlarga erishadi

Foto:«Xabar.uz»

Joriy yilning 19-iyul kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Norov bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Uchrashuvda qayd etilganidek, 2019-yil oktyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida Oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi dastur imzolanishi rejalashtirilgan.

Tashkilot tomonidan Bishkekda ShHTga a’zo davlatlar Qishloq xo‘jaligi vazirlarining to‘rtinchi yig‘ilishida Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha ShHT hamkorlik dasturi loyihasi ma’qullanib, 2018-yilning 11-12 oktyabr kunlari Dushanbeda bo‘lib o‘tgan ShHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari Kengashi doirasida imzolangan.

Suhbat davomida O‘zbekiston va ShHT o‘rtasida choravachilik, asalarichilik, veterenariya, urug‘chilik va naslchilik, melioratsiya kabi yo‘nalishlaridagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring