Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Qahramoni Musa​​ Yerniyazov olamdan o‘tdi

O‘zbekiston Qahramoni Musa​​ Yerniyazov olamdan o‘tdi

Musa​​ Yerniyazov.

Bugun Nukusda taniqli davlat va jamoat arbobi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining o‘rinbosari Yerniyazov Musa Tajetdinovich 73 yoshida vafot etdi.​​

Eslatib o‘tamiz, Musa Yerniyazovda koronavirus infeksiyasi tasdiqlanganidan beri u Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston filiali klinikasida davolanayotgani xabar qilingandi.

Musa Yerniyazov 1947-yil 20-dekabrda Kegeyli tumanida tug‘ilgan. U 2002-yildan beri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi. U 2019-yili «O‘zbekiston Qahramoni» unvoniga sazovor bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring