Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OTMlar reytingini Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi aniqlaydi

OTMlar reytingini Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi aniqlaydi

Foto:«Xabar.uz»

Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida ma’lum qilindi.

Nizomga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari reytingi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlanadi.

Reytingni aniqlash uchun ma’lumotlar 1-fevralgacha vazirlik va idoralar tomonidan taqdim qilinadi.

Inspeksiya har yili may-iyun oylarida quyidagilarni o‘tkazadi:

-professor-o‘qituvchilarning xorijiy til va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilimlarini aniqlash uchun test;

- talabalarning mutaxassislik fanlariga oid bilimini aniqlash uchun nazorat ishlari va ta’lim sifatini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma.

Reyting natijalari har yili keyingi o‘quv yili boshlanishidan kechikmay Inspeksiyaning saytida e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring