Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston OTJ 25-yanvarda yana bir bor Olimpiada uchun kurashadi. Bu safar Avstraliyaga qarshi

O‘zbekiston OTJ 25-yanvarda yana bir bor Olimpiada uchun kurashadi. Bu safar Avstraliyaga qarshi

Kecha O‘zbekiston olimpiya jamoasi Tailandda o‘tayotgan Osiyo chempionati yarim finalida Saudiya Arabistonidan mag‘lubiyatga uchradi (0:1).

Ammo futbolchilarimizda Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkoniyati hamon mavjud. Buning uchun uchinchi o‘rin uchun kechadigan bahsda g‘alaba qozonish lozim bo‘ladi.

Musobaqadagi yana bir yarim finalda Janubiy Koreya olimpiya jamoasi Avstraliyani 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa vakillarimiz uchinchi o‘rin uchun Avstraliyaga qarshi maydonga tushishi ma’lum bo‘ldi.

Bronza medallari uchun bahs 25-yanvar, Toshkent vaqti bilan soat 17.30da bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring