Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston kuch tuzilmalarining hamkorlikdagi mashg‘ulotlari yakunlandi

O‘zbekiston kuch tuzilmalarining hamkorlikdagi mashg‘ulotlari yakunlandi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Avval xabar berganimizdek, sharqiy harbiy okrug xududida joylashgan barcha qo‘shinlar hamkorligidagi qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni boshchiligida hamkorlikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish, razvedka va boshqa muhim ma’lumotlarni tezkor almashish, shuningdek ishtirokchi bo‘linmalarning real vaqt mezonlari asosida samarali va yagona boshqaruvini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, 50 ga yaqin bo‘linmalar marsh uyushtirdi, 200 kvadrat kilometrga yaqin hududda yerdan va havodan razvedka ishlari olib borildi. 60 ga yaqin shartli amaliy mashqlar hamkorlikda bajarildi.

O‘quvlarda ishtirok etgan Mudofaa vazirligi toifalangan ob’yektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi shaxsiy tarkibi ham uchta viloyatdagi o‘ta muhim ob’yekt va inshootlarning qo‘riqlanishi kuchaytirilgan tizimda olib borildi. Qo‘riqlanayotgan o‘ta muhim ob’yektlarda shartli mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlarining yana bir amaliy jarayonlari Sharqiy harbiy okrugi Farg‘ona dala-o‘quv maydonida davom etdi. Uni Mudofaa vazirligi rahbariyati hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi mas’ul ofitserlari kuzatib borishdi. Mashg‘ulotlarda davlat chegarasi himoyasini kuchaytirish, ehtimoliy chegara buzilish holatlarini tezkor aniqlash va bartaraf etish, favqulodda vaziyat yuzaga kelganda kuch tuzilmalari bilan hamkorlikdagi harakatlari namoyish etildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari 13-aprel kuni yakunlandi. Harbiy bo‘linmalar doimiy joylashgan joyiga qaytarildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring