Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekiston islom madaniyati me’morchiligi – rassomlar ijodida» nomli ko‘rgazma ochildi (foto)

«O‘zbekiston islom madaniyati me’morchiligi – rassomlar ijodida» nomli ko‘rgazma ochildi (foto)

Foto:«Xabar.uz»

18-may kuni Yoshlar ijod saroyida  «O‘zbekiston Islom madaniyati me’morchiligi – rassomlar ijodida» nomli ko‘rgazma ochildi. 

Ushbu ko‘rgazmada diplomatik korpus vakillari, sohaga oid vazirlik, qo‘mita hamda muassasa va tashkilotlar va boshqa tomoshabinlar ishtirok etishdi.

Tadbirni tashkil etishdan maqsad:

-O‘zbekiston  Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi hamda Vazirlar Mahkamasining O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorlarini ijrosini ta’minlash, 18-may  «Xalqaro muzeylar kuni»ni munosib tarzda nishonlash;

- Ko‘rgazmada respublikadagi taniqli rassomlarning 100 dan ziyod takrorlanmas rang-tasvir san’at asarlarini namoyish etish, rassomlar o‘z asarlarida mamlakatimiz turmush tarzi, qadimiy va zamonaviy obidalardagi islom-madaniyati me’morchiligi rang-barangligini tasviriy san’atning turli janrlari asosida yoritib berish;

-Tasviriy san’at ustalarining islom madaniyati me’morchiligida tutgan o‘rni;

-Yoshlarimizga vatanimiz tarixini va buyuk ajdodlarimizning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan beqiyos hissalarini rassomlar ijodida  «O‘zbekiston Islom madaniyati me’morchiligi» mohiyatini namoyish etish deya izohlangan. 

Quyida «Xabar.uz» muxbirining ushbu ko‘rgazmadan tayyorlagan fotolavhasini tomosha qilishingiz mumkin. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring