Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Adliya vazirligi va Buyuk Britaniya hukumati o‘rtasida memorandum imzolandi

O‘zbekiston Adliya vazirligi va Buyuk Britaniya hukumati o‘rtasida memorandum imzolandi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston delegatsiyasining Londonga amaliy tashrifi doirasida Buyuk Britaniya Vazirlar Mahkamasida O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletovning Vazirlar Mahkamasi apparati kommunikatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Jerald Mullalli bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. 

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi hukumati o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Imzolangan hujjatga muvofiq O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan Buyuk Britaniya hukumati bilan hamkorlikda vazirlik kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqish va aholini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatidan tezkor va samarali xabardor qilish uchun matbuot xizmati salohiyatini mustahkamlash rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: Buyuk Britaniya hukumati butun dunyoda hukumat kommunikatsiyalari sohasida xalqaro konsultativ xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha yetakchi sifatida e’tirof etilgan. Ushbu xizmat samarali va ta’sirchan hukumat kommunikatsiyalarining Britaniya modelini targ‘ib qilish maqsadida joriy etilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring